Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kalmar o‘yini»: Ikkinchi mavsumda nimalarni ko‘ramiz?

«Kalmar o‘yini»: Ikkinchi mavsumda nimalarni ko‘ramiz?

«Kalmar o‘yini» serialidan kadr.

«Kalmar o‘yini»ni suratga olgan rejissyor hamda ssenariynavis Xvan Don Xyok, bir necha oydirki, shov-shuvli serialning davomi ustida ishlayapti.

Ikkinchi mavsum qanday bo‘ladi?

Yaqinda, «Critics Choice Awards» mukofotlash marosimida rejissyor pardani sal ko‘targandek bo‘ldi. Bosh qahramon Son Ki Xun «butun dunyo uchun ahamiyatli ishni amalga oshirish»ga shaylanyapti, dedi u jurnalistlar bilan suhbatda (Manba: «Comicbook»). 

Rejissyor Xvan Don Xyok. Foto: «The Korea Herald»

«Ki Xun birinchi mavsumda to‘plagan tajribasi, nimalarga o‘rgangan bo‘lsa — endi hammasiga suyanishiga to‘g‘ri keladi. Ayrim qahramonlar jedaylarga, yana birovi Dart Veyder («Yulduzlar jangi») aylanadi, to‘g‘rimi? O‘ylashimcha, ehtimol Ki Xunni qaltis vaziyatlar va og‘ir sinovlar kutmoqda», — dedi Xvan Don Xyok.

Serial bosh qahramoni Son Ki Xun (aktyor: Li Jung Je). Foto: IMDb 

«Kalmar o‘yini» serialining jahon premerasi Netflix da 2021-yilning 17-sentyabrida bo‘lgandi. Relizning 17-kuni serialni tomosha qilganlar soni 111 milliondan oshgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring