Kunchiqar mamlakatda «O‘zbekiston haftaligi» davom etmoqda

O‘zbekiston hamda Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan ushbu tadbirni O‘zbekiston madaniyat vazirligi, O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi hamda turli tashkilotlar birgalikda tashkil qildi.
O‘zbek va yapon xalqlarining o‘xshash jihatlari ko‘p. Mehnatsevarlik, sadoqat, mehr-oqibat kabi fazilatlar ikki xalq uchun birdek xosdir. Bu jihatlar ikki mamlakatning do‘stligi va hamkorligida muhim omil bo‘lmoqda. Madaniy-gumanitar aloqalar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlashda muhim rol o‘ynamoqda. Fan, ta’lim, san’at, sport, turizm kabi yo‘nalishlardagi hamkorlik tobora rivojlanmoqda.
Haftalik doirasida ko‘ngilochar dasturlar, milliy qo‘shiqchiligimiz namoyandalari ishtirokida konsertlar, milliy liboslar ko‘rgazmalari, shuningdek milliy taomlar yarmarkalari o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Islombek Ahmadaliyev,
«Uzbek-ninja.com» sayti muxbiri
Yaponiya.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter