Bu safar kim «Uyda yolg‘iz» qoladi?
![Bu safar kim «Uyda yolg‘iz» qoladi?](http://static.xabar.uz/crop/1/1/720_460_95_1164179859.jpg)
«Disney» hamda «Fox» kinostudiyalari «Uyda yolg‘iz» komediyasini yana ekranlarga qaytarmoqchi. Bu haqda «SplashReport» xabar bermoqda.
Film ssenariysi ustida Mayki Dey va Striter Seydel («Shanba kechki efirida» musiqali-hajviy ko‘rsatuvchi mualliflari) ishlashyapti. Bo‘lajak rejissyor kim bo‘lishini yaqin orada bilib olamiz.
Xabarlarga ko‘ra, tomoshabinlar remeyk emas, balki haqiqiy film ko‘rishadi — yangi seriya va yangi nomlar. Xuddi shunga o‘xshash voqea yaqinda «Jumanji» filmi bilan ham sodir bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, «Uyda yolg‘iz» filmining birinchi talqini 1990-yilda suratga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter