Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maks Fadeyev Nargiz Zokirovaga tahdid qildi

Maks Fadeyev Nargiz Zokirovaga tahdid qildi

Xonanda Nargiz Zokirovaning sobiq prodyuseri Maksim Fadeyev qo‘shiqchini jinoiy javobgarlikka tortish bilan tahdid qilgan.

Gap shundaki, Zokirova yaqinda Instagram orqali eski repertuaridan qo‘shiqlar ijro etishini ma’lum qilgan. Bunga javoban prodyuser shunday bayonot bergan.

Ma’lumki, Zokirovaning aksariyat qo‘shiqlarini aynan Maks Fadeyev yozib bergan. Agar bundan buyog‘iga Nargiz Fadeyev bastalagan ashulalarni ijro qiladigan bo‘lsa, jinoiy javobgarlikka tortishi mumkinligini aytgan.

Avvalroq Zokirovaning Moskvaga borgani va ushlangani xabar qilingan, so‘ng rad etilgandi. Ammo keyinchalik u Rossiyadan 50 yilga deport qilingani tasdiqlangan. Yakunda u AQShga ketib qolgani oydinlashgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring