Mashhur aktrisa Yayra Abdullayeva olamdan o‘tdi
O‘zbekiston xalq artisti, aktrisa Yayra Abdullayeva olamdan o‘tdi. U bu yil 89 yoshni qarshilagan edi.
Yayra Abdullayeva 1930-yilda Toshkentda dunyoga kelgan. Ilk bor «Boy ila xizmatchi» kartinasida suratga tushgan. 1964-yilda O‘zbekiston xalq artisti unvoni, 2011-yilda «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan.
Ko‘p yillar davomida O‘zbekiston milliy akademik teatrida faoliyat yuritgan.
«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali marhumaning yaqinlariga ta’ziya izhor etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter