Mashhur xonandaning o‘g‘lini kim nima maqsadda o‘ldirmoqchi?

Noma’lum kimsa Ibrohim Totlisasga qo‘ng‘iroq qilib, «O‘g‘ling Idoni o‘ldiramiz» deya tahdid qilgach, xonanda huquq-tartibot idoralariga murojaat etib, o‘g‘lining xavfsizligi ta’minlanishini so‘radi. Bu haqda «Haber7» xabar qilmoqda.
Ibrohim Totlisas 28-iyun kuni «Esen Myuzik» shirkatiga borgan. U xonaga kirishi bilan shirkatning telefoni jiringlagan. Go‘shakni ko‘targan kishi «Ibrohim Totlisasning o‘g‘li Idoni o‘ldiramiz» degan ovozni eshitgan. Yashirin raqamdan kim nima maqsadda qo‘ng‘iroq qilgani ma’lum emas.
Bu tahdiddan so‘ng mashhur xonanda advokati bilan birgalikda huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan. «Menga avval ham bir necha marta shunday tahdidlar bo‘lgan. Noma’lum kimsalar o‘g‘lim Ido va Ahmad Totlisasni o‘ldirish bilan tahdid qilgan», – degan Ibrohim Totlisas.
Ma’lum bo‘lishicha, iyul oyida Ibrohim Totlisasning o‘g‘li Ido Yalova shahrida konsert berar ekan. Konsert arafasida bunday qo‘ng‘iroqlar bo‘layotganidan mashhur xonanda ajablangan.
Totlisasning murojaati qanoatlantirilayapti: surishtiruv boshlab yuborildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter