«Million»ni tark etganlar «Milliy аrt» jamoasini tuzishdi. Ular beldan pastga tushmoqchi emas (video)
Biroz vaqt muqaddam «Million» guruhi uzoq yillik hamkorlikdan so‘ng parchalanib ketgan, bu jamoatchilik o‘rtasida keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.
«Million» guruhining sobiq a’zosi Otabek Mirzaxolov jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusi chog‘ida guruhdan nega chiqib ketgani haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, sobiq «millionchilar» bilan tuzilgan yangi — «Milliy art» guruhi rejalari haqida ham fikr bildirdi.
Uning aytishicha, shu yilning sentyabr oyida jamoa ilk konsertini beradi. E’tiborlisi, ularning hazillarida «beldan pastga tushish» bo‘lmaydi. Bu haqda, yaxshisi, uning o‘zidan eshiting.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter