Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Najmiddin Kubro saboq bergan masjid rekonstruksiya qilinadi

Najmiddin Kubro saboq bergan masjid rekonstruksiya qilinadi

Xorazmda e’tibordan chetda qolgan 20 dan ziyod madaniy meros ob’yektlari restavratsiya qilinadi hamda ularga olib boruvchi infratuzilma tiklanadi. Bu haqda Xorazm viloyat hokimi Farhod Ermanov o‘z murojaatnomasida ma’lum qilib o‘tdi.

Xabar qilinishicha, buning uchun 2022 yilda budjetdan 50 milliard so‘m ajratiladi.

Ushbu mablag‘ hisobidan shuningdek Ichan-qal’adagi Najmiddin Kubro saboq bergan Shayx Kabir masjidi, xona q́oh va chillaxona rekonstruksiya qilinib, ziyoratgohga aylantiriladi.

Arab Muhammadxon madrasasidagi 56 mingta eksponat, nodir topilma va buyumlarni saqlash va namoyish qilish uchun, yangi muzey tashkil etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring