Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nukusda II Xalqaro baxshichilik festivali o‘tkaziladi

Nukusda II Xalqaro baxshichilik festivali o‘tkaziladi

«II Xalqaro baxshichilik san’ati festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va baxshichilik san’atini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2021-yilda II Xalqaro baxshichilik san’ati festivali Nukus shahrida o‘tkaziladi.

Festivalni Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuqori tashkiliy daraja va badiiy saviyada o‘tkazish bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Shuningdek, Festivalni joriy yilda o‘tkazish muddati sanitariya-epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda belgilanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring