Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘lmas Kashshey» vafot etdi

«O‘lmas Kashshey» vafot etdi

Foto: Telegid AKADO

Bugun SSSR xalq artisti, Chexov nomidagi Moskva badiiy teatri rahbari Oleg Tabakov vafot etdi. Bu haqda teatr matbuot xizmatiga tayanib, «RIA NOVOSTI» xabar tarqatdi.

82 yoshli Tabakovning Moskvadagi birinchi shahar shifoxonasiga yotqizilgani o‘tgan yilning noyabr oyi oxirlarida ma’lum bo‘lgan edi. Keyinroq esa OAVda uning ahvoli yangi yil arafasida biroz yaxshilanganiga qaramay, sun’iy nafas olish uskunasiga ulab qo‘yilgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Tabakov 1935-yilning 17-avgustida Saratovda, shifokorlar oilasida tug‘ilgan. U 1957-yilda MXAT maktab-studiyasini tamomladi va ko‘plab sahna asarlarida rol ijro etdi. U Chexov nomidagi Moskva badiiy teatrini 2000-yildan buyon boshqarib kelayotgan edi.

Tabakov bir qator filmlarda o‘ynagan rollari orqali o‘zbek tomoshabinlariga ham yaxshi tanish. Ayniqsa, uning «Qizil qor yoqqanda» filmidagi o‘lmas Kashshey obrazi ko‘pchilikning yodida ekani aniq. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring