Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda Bryus Li kinolarini suratga olgan kompaniyalar filmlari namoyish etiladi

O‘zbekistonda Bryus Li kinolarini suratga olgan kompaniyalar filmlari namoyish etiladi

Foto:«24SMI»

«O‘zbekkino» milliy agentligi va «Uzbekistan film holding» kompaniyasi taklifiga binoan 5-dekabr kuni xitoylik kinoprodyuser Lo Xao «Hunan Heguang Media Co» kinokompaniyasi vakillari Toshkentga keladi. Bu «O‘zbekkino» matbuot xizmati vakili Azizbek Qurbonov xabar berdi.

Tashrifdan maqsad O‘zbekiston bilan hamkorlikda ishlanadigan «Uch shahar» va «Qahramon» badiiy filmlari xususida maslahatlashib olishdir. Shuningdek, kino va seriallarni tasvirga olish bo‘yicha tajriba almashish masalalari ko‘rib chiqiladi.

6-dekabr kuni «O‘zbekkino» milliy agentligida hamkorlik masalalari bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tashrif davomida Xitoyning «Orange Sky Golden Harvest Group» va «Hunan Mango Studios» kinokompaniyalari ishlagan filmlar namoyish etiladi. Ushbu kinokompaniyalar Bryus Li va Jeki Chan ishtirokidagi filmlarni suratga olgani bilan mashhur.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring