Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga italiyaliklarning kelishi ko‘paydi

O‘zbekistonga italiyaliklarning kelishi ko‘paydi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekistonga 2025-yilning yanvar-aprel oylarida Italiyaning 11,1 ming nafar fuqarosi turistik maqsadlarda keldi, deyiladi Milliy statistika qo‘mitasi bergan ma’lumotda.

Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,1 ming nafarga yoki 11,3 foizga oshgan.

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga kelgan Italiya fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha:

  • sayyohlik — 10 471 nafar;
  • qarindoshlarni yo‘qlash — 385 nafar;
  • xizmat yuzasidan — 247 nafar;
  • o‘qish — 34 nafar.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring