Ozodbek Nazarbekov mukofotlandi
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov O‘zbekistonda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazining «Xalq diplomati» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
2019 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan mazkur markaz butun dunyoda globallashuv va integratsiya jarayonlari kuchayib borayotgan bir sharoitda xalq diplomatiyasi xalqaro munosabatlarning asosiy elementlariga aylanishiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.
Shuningdek, markazning jamoat tashkilotlari va birlashmalari faoliyati, qardosh xalqlar o‘rtasidagi aloqalar, ijtimoiy-siyosiy aksiyalar, xalqaro nohukumat tashkilotlarining hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha tashabbuslari ShHTga a’zo davlatlar va ularning xalqlarini yanada yaqinlashishiga, o‘zaro ishonch va yaqin qo‘shnichilik rishtalari mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda, deb yozadi Madaniyat vaziri.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter