Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ozodbek Nazarbekov «Uydagi yulduzlar» g‘oliblari aniqlanganini ma’lum qildi

Ozodbek Nazarbekov «Uydagi yulduzlar» g‘oliblari aniqlanganini ma’lum qildi

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan e’lon qilingan «Uydagi yulduzlar» tanlovi yakuniga yetdi. Bu haqda vazir Ozodbek Nazarbekov o‘z kanalida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra:

1. «Eng yaxshi cholg‘u ijrochisi» nominatsiyasi g‘olibi.
Muyassarxon Fidayeva -100 ball.
O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi «Akademik ijrochilik» fakulteti «Xalq cholg‘ularida ijrochilik» bo‘limi 2-bosqich talabasi

2. «Eng yaxshi xonanda» nominatsiyasining Ananaviy xonandalik va maqom yo‘nalishi g‘olibi
1. Kushanova Klara (havaskor) «Sabo bilan»-99 ball.
Samarqand viloyati Poyariq tumani Ernazarqo‘rg‘on qishlog‘i

«Eng yaxshi hunarmand» nominatsiyasi g‘olibi 96 ball
1. Turatova Muhabbat Jizzax viloyati Baxmal tuman Muzbuloq MFY Zartepa mahallasi «Gilamdo‘zlik hunari»

«Eng yaxshi raqs» nominatsiyasi g‘olibi 100 ball
1. Rajabov Asilbek.
Surxondaryo viloyati Denov tumani. Toshkent viloyati Qibray tummanidagi 34-maktabning 5-sinf o‘quvchisi.

«Eng yaxshi rassom» nominatsiyasi bo‘yicha tanlov g‘olibi
1. Omadbek Komilov tomonidan taqdim etilgan surat-96 ball.
Andijon viloyati Izboskan tumani, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Andijon viloyat Andijon ixtisoslashtirilgan san’at maktabi 11-sinf o‘quvchisi

Yuqoridagi g‘oliblar Madaniyat vazirligi tomonidan ikki million so‘m miqdordagi pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

«Uydagi yulduzlar» tanlovining xonandalik yo‘nalishi bo‘yicha laureatlari ham aniqlandi:

Quyidagilar:
«Eng yaxshi xonanda» Baxshichilik yo‘nalishi laureati
Jo‘raqulov Shahriyor baxshi - 97 ball.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Ijro etgan asari: «Koronavirus yo‘q bo‘lsin».

«Eng yaxshi xonanda» nominatsiyasining Akademik xonandalik va opera yo‘nalishi laureati
Nuratdinov Timur - 98 ball.
Qoraqalpog‘iston respublikasi. Ijro etgan asari: «O‘rgilay»

«Eng yaxshi xonanda» nominatsiyasi Estrada yo‘nalishi laureati
Hamidova Nigora, Ijro etgan asari: «Ko‘chalar» — 99 ball.
Sirdaryo viloyati Boyovut tumani

Ushbu nomzodlarga esa faol ishtiroki uchun Madaniyat vazirligining faxriy yorliqlari topshiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring