Parijda Abu Rayhon Beruniy hayotiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi
YuNESKOning Parijdagi Bosh qarorgohida «Abu Rayhon Beruniy. Geografik va intellektual sayohatlar» ko‘rgazmasi ochildi.
Ko‘rgazmada tashrif buyuruvchilar vizual installyasiyalar yordamida Abu Rayhon Beruniyning hayoti va ijodi, kashfiyot va izlanishlari haqida ma’lumot olishlari mumkin.
«Ekspozitsiyada allomaning Fransiya milliy kutubxonasi fondidan yig‘ilgan qo‘lyozmalariga alohida joy ajratilgan.
O‘ylaymanki, ushbu loyiha Yevropa jamoatchiligida katta qiziqish uyg‘otib, buyuk allomalarimiz merosi bilan faxrlanadigan o‘zbek zamini haqidagi tasavvurlarini yanada boyitadi.
Shu o‘rinda O‘zbekiston YuNESKO Bosh Konferensiyasining 43-sessiyasini 2025 yilda Samarqandda o‘tkazishga tayyorligini mamnuniyat bilan ma’lum qilaman! Agar ushbu taklif ma’qullansa, bu tarixiy voqea YuNESKO sessiyalarini faqat Parijda chaqirish bo‘yicha 40 yildan oshiq davom etgan an’anani o‘zgartira oladi», deydi Saida Mirziyoyeva.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter