Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Partiya harakati bilan «Ichan qal’a» ta’mirdan chiqarildi

Partiya harakati bilan «Ichan qal’a» ta’mirdan chiqarildi

«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasi Xiva shahridagi «Ichan qal’a» davlat muzeyi qo‘riqxonasining saqlanish holati va turistlarga yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgangan.

Natijada mazkur me’moriy obida hududida aniqlangan sho‘rlanish va yemirilishning oldini olish yuzasidan takliflar ishlab chiqilib, hukumatga kiritilgan. Mazkur takliflar ijrosi sifatida «Ichan qal’a» hududida muayyan ta’mirlash ishlari olib borilgan.

Bu haqda bugun, 16-iyul kuni partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytilgan.

6 oylik hisobot davrida fraksiya a’zolari barcha yo‘nalishdagi faoliyatida asosiy e’tiborni amaliy ishlarga qaratgan. Jumladan, qonun ijodkorligi sohasida fraksiya a’zolarining faolligi birmuncha oshgan. Hisobot davrida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari 9 ta qonun loyihasini qonunchilik tashabbusi huquqi asosida kiritgan bo‘lsa, ularning 5 tasida fraksiya a’zolari ishtirok etgan.

Bundan tashqari, Qonunchilik palatasiga kiritilgan 65 ta qonun loyihalarining 31 tasi bo‘yicha fraksiya a’zolari mas’ul bo‘lib, ularning qabul qilinishida faol qatnashgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring