Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pop-musiqa qirolichasi haqiqiy qirol bilan qarindosh ekan

Pop-musiqa qirolichasi haqiqiy qirol bilan qarindosh ekan

Teylor Svift.

Foto: People.com

Amerikalik taniqli qo‘shiqchi, 34 yoshli Teylor Svift Fransiya qiroli Lyudovik XIV (Lui XIV)ning uzoq qarindoshi ekan. Bu haqda MyHeritage platformasiga asoslanib Daily Mail xabar berdi.

Fransuz qirolining bobosining bobosining bobosi... XV asrda yashagan ingliz aslzodasi Jon de la Pol — Linkoln grafi bo‘lgan. Uning akasi Uilyam edi. Uilyamning 19-avlod nevarasi — Teylor Svift.

Teylor Sviftning ajdodlari keyinchalik Amerikaga ko‘chib kelishgan.

Qizig‘i, Sviftni zamonaviy pop-musiqa qirolichasi, deyishadi, bejizga emas ekan, juda olis bo‘lsa-da, qirollarga tutash joyi bor ekan.

Lyudovik XIV. Foto: Wikipedia

Lyudovik XIV chakana qirollardanmas, uni «quyosh-qirol» deyishgan. Versaldagi mashhur saroyni qurdirgan, 1682-yilda qarorgohini shu yerga ko‘chirgan. Qirolning biz bilan zamondosh qarindoshi ham serhasham ko‘chmas mulklar ishqibozi, millionlab dollarlik villalari va uylari bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring