Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Sherali Jo‘rayevni orden bilan mukofotladi

Prezident Sherali Jo‘rayevni orden bilan mukofotladi

O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlandi. Mamlakatimiz prezidentning tegishli farmoni e’lon qilindi.

«O‘zining noyob iste’dodi, ko‘p yillik samarali va betakror ijodi bilan o‘zbek qo‘shiqchilik san’atini va milliy madaniyatimizni rivojlantirish, uning shon-shuhratini dunyo xalqlari o‘rtasida keng targ‘ib etishga qo‘shgan beqiyos hissasi, mustaqilligimizning ma’naviy asoslarini mustahkamlash, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodimizni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, yosh iste’dod egalarining qobiliyatini ro‘yobga chiqarish borasidagi katta xizmatlari, ijtimoiy hayotdagi va jamoat ishlaridagi faol ishtiroki hamda tavalludining 75 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston xalq artisti, «Vatandoshlar» jamoat fondining Vasiylik Kengashi raisi Sherali Jo‘rayev «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlansin», deyiladi farmonda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring