Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘istonlik talaba xalqaro ko‘rik tanlovda 1-o‘rinni egalladi

Qoraqalpog‘istonlik talaba xalqaro ko‘rik tanlovda 1-o‘rinni egalladi

Joriy yilning 6-20-may kunlari Fransiya poytaxti Parij shahrida «Art line» umumjahon federatsiyasi tomonidan bolalar, o‘smirlar va katta yoshli erkaklar o‘rtasida «PRO ART» xalqaro ko‘p janrli ijodiyot festivali onlayn tarzda o‘tkazildi. Ushbu festivalda Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat pedagogika instituti talabasi Davronbek Yendirboyev ham ishtirok qildi.

Ushbu xalqaro festivalda bir necha marta qatnashganman. Biroq oldingi ishtirokimizda omad kulib boqmagan edi. Bu yilgi festivalga ustozim Iqbol og‘a Moyanov bilan puxta tayyorgarlik ko‘rdim. Festival davomida «Alpomish» dostonini onlayn ijro qilib berdim, - deydi D.Yendirboyev.

Quvonarlisi shuki, festivalning «Folklorli vokal. Solo» nominatsiyasida D.Yendirboyevning ishtiroki yuqori baholanib, 1-o‘ringa munosib deb topildi hamda qimmatbaho sovg‘a va diplom bilan taqdirlandi. Hakamlar hay’ati uning ustozi I.Moyanovga minnatdorchilik maktubi ham yo‘llashdi.

Talaba-jirov(baxshi) sifatida elga tanilib borayotgan D.Yendirboyev o‘tgan yili Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tgan xalqaro ko‘p janrli IV «Gloria» ko‘rik-tanlovida ham ishtirok qilib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

Qoraqalpog‘istonda jirov-baxshilar dostonlarni o‘ziga xos qo‘biz musiqa asbobi vositasida ijro qiladi. Uning bu qadimiy musiqa asbobida zamonaviy kuylarni ham ijro qilayotgani tahsinga loyiq.

Erpo‘lat Baxt

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring