Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rolling Stone 2025-yilning eng yaxshi 20 ta filmini aniqladi

Rolling Stone 2025-yilning eng yaxshi 20 ta filmini aniqladi

«Jang ortidan jang» filmidan kadr.

Rolling Stone jurnali 2025-yilda prokatga chiqarilgan eng yaxshi filmlar reytingini tuzdi (top-20).

Birinchi o‘rinni «Jang ortidan jang» dramasi egalladi. Bosh rollarda: Leonardo Di Kaprio, Shon Penn, Cheyz Infiniti, Benisio del Toro va Teyyana Teylor.

Ikkinchi pog‘onada — «Hemnet», kinoasarda yagona o‘g‘lidan judo bo‘lgan Uilyam Shekspir fojiasi hikoya qilinadi. Film ssenariysi Meggi O‘Farrellning shu nomli romani asosida yozilgan. Pol Meskal — Shekspir, Jessi Bakli — uning rafiqasi Agness obrazini jonlantirgan.

Yetakchi uchlikni Stiven Soderberg suratga olgan «Qora jomadon — ikkiyoqlama o‘yin» detektivi yakunlab berdi. Bosh rollarda — Keyt Blanshett va Maykl Fassbender (er-xotin josuslar obrazida).

Eng yaxshi filmlar o‘ntaligiga, shuningdek, «Poyezdlarning tushlari», «Yangi to‘lqin», «Oddiy tasodif», «Inkor etish uslubi», «Meni kechir», «Qoyilmaqom Marti» va «Sentimental qadriyat» filmlari kirdi.

Ikkinchi o‘nlikda esa: «Piter Hujar kuni», «Eddington», «Universal til», «Hammaga baxt», «Oruell: 2+2=5», «Qanday qilib qirg‘ovulga aylanish mumkin», «Finikiya sxemasi», «Romantiklar avlodi», «Frankenshteyn» va «Qurollar» filmlari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring