Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan nufuzli xalqaro kongress bo‘lib o‘tadi

Samarqandda O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan nufuzli xalqaro kongress bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan har yili 300 dan ortiq xorijlik olimlar ishtirokida O‘zbekistonda xalqaro kongress o‘tkaziladi.

Xabaringiz bor so‘nggi yillar Respublika Prezidenti tomonidan so‘nggi yillar O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha ko‘plab loyihalar qo‘llab-quvvatlanmoqda. Mazkur loyiha ham ulardan biri hisoblanadi.

Joriy yilgi kongress 5–8-noyabr kunlari Samarqand shahridagi Silk Road Samarkand sayyohlik majmuasida tashkil etiladi. Bir qator milliy va xalqaro hamkor tashkilotchilar ishtirokida O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatining «O‘zbekiston madaniy merosi – yangi Renessans asosi» VII Xalqaro kongressda «O‘zbekiston madaniy merosi» turkumidan 61–70 jildlardan iborat 10 ta yangi kitob-albomlar taqdim etiladi. Ozarbayjon, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya (shu jumladan Tatariston), Turkiyadagi O‘zbekiston madaniy merosi to‘plamlariga bag‘ishlangan kitob-albomlar shular jumlasidan. E’tiborli jihati ushbu to‘plam kitoblar kutubxonalarga bepul taqdim etilmoqda.

Shuningdek, Butunjahon jamiyatining boshqa noshirlik loyihalari – «Sharq miniatyurasida tarixiy shaxslar», «Klavixo: Samarqanddagi Temur saroyiga sayohat kundaligi (1403–1406)», «Rishton kulolchiligi», «O‘zbekiston san’ati durdonalari», «Orol va Amu bo‘ylarida: qoraqalpoq san’ati», «Badiiy atamalar ensiklopediyasi» albomlari, shuningdek, «Bezak ensiklopediyasi» mavzulariga bag‘ishlangan rejalardagi nashrlar, «O‘zbekiston gilamlari», «114 Qur’on», «Sharqning 100 nodir qo‘lyozmasi» loyihalari ham kongress ishtirokchilariga taqdim etiladi.

Bo‘lajak Kongressning ilmiy qismi 5 ta xalqaro konferensiyadan iborat bo‘lib, ularda 120 ga yaqin ilmiy ma’ruzalar tinglanadi. Bular «Merosning yangi qirralarini kashf etish: jahon to‘plamlaridagi o‘zbek kolleksiyalari», «Butunjahon jamiyati loyihalaridan Sharq qo‘lyozma merosi durdonalari», «Butunjahon jamiyati loyihalarida Markaziy Osiyo muzeylari va kutubxonalari», «Markaziy Osiyo tarixi va san’ati: izlanishlar va kashfiyotlar» hamda «Kino va media olami: merosga yangicha nigoh» kabi mavzular o‘rin olgan.

Respublika Prezidenti tomonidan so‘nggi yillar O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish va saqlash sohasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ko‘plab qaror va farmonlar madaniy merosimiz sohasi rivojiga sabab bo‘ldi. Bir qator boshqa yirik ilmiy madaniy loyihalar kabi ushbu kongress ham dunyo hamjamiyati e’tiboriga tushmoqda.

Tadbir tashkilotchisi va homiysi ERIELL neft-serfis guruhi.

Shuningdek kongressda dunyo mamlakatlari tarixi va tarixiy shaxslari haqida filmlar yaratish uchun TURKSOY mamlakatlari kino tashkilotlarining ijodiy va ishlab chiqarish imkoniyatlarini birlashtirishning yangi mexanizmlari tahlil qilinadi. Turkiy dunyo mamlakatlari o‘rtasida kelgusida hamkorlikdagi filmlarni ishlab chiqarish mavzulari muhokama qilinadi.

O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU)  2018-yilda dunyoning 40 mamlakati 300 dan ortiq sharqshunoslari tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, 2019-yilda Parijda rasman ro‘yxatdan o‘tgan. Joriy yilda O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tdi va Toshkent shahrida o‘z vakolatxonasini ochdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring