Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sevimli» telekanalida «Sabriya» seriali bo‘yicha choralar ko‘rildi

«Sevimli» telekanalida «Sabriya» seriali bo‘yicha choralar ko‘rildi

20 yanvar kuni «Sevimli» telekanali ta’sischilarining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga Kinematografiya agentligi bosh direktori F.Abduxoliqov taklif qilindi.

Yig‘ilishda tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Kanal Kuzatuv kengashi raisi vazifasini bajaruvchi etib jamoatchilik asosida F.Abduxoliqov saylandi.

Ta’sischilarning qarori bilan Bosh direktori vazifasini bajaruvchi A.Xo‘jayev va bosh muharrir Q.Saydaliyev o‘z vazifasidan ozod etildi.

Yig‘ilishda shu paytga qadar O‘zEOAVMA bosh direktori lavozimida ishlab kelayotgan J.Safoyev kanal bosh direktori vazifasiga tayinlandi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan F.Abuxoliqov kanal efiriga uzatilgan «Sabriya» serialini badiiy saviyasini tanqid ostiga olib: «Biz telekanal muxlislari va jamoatchilikdan uzr so‘raymiz. Kelgusida yangi tayinlangan bosh direktor nafaqat seriallar, balki barcha media mahsulotlarning g‘oyaviy-badiiy jihatlariga mas’ul ekanini uqtirgan holda, chora- tadbirlarni ishlab chiqishi zarur», - deb ta’kidladi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring