Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shakira va Pike ertagi tugadi

Shakira va Pike ertagi tugadi

Dunyodagi eng mashhur juftliklardan sanalgan Shakira va Jerar Pike sevgi afsonasi intihosiga yetdi. «El Periodico» yozishicha, 45 yoshli xonanda «Barselona»ning mashhur himoyachisini xiyonat ustida ushlagan.

OAV yozishicha, 35 yoshli Pike o‘zining eski kvartirasiga qaytib yolg‘iz yashayapti. Umuman olganda, yolg‘iz emas... «Barselona»dagi safdoshi Riki Puch bilan birga tungi klublarga serqatnov bo‘lib qolganini, begona ayollar bilan ko‘rganlar bor.

Shakira va Jerar bir kunda — 2-fevralda tavallud topishgan. Faqat o‘rtada 10 yil farq bor. Ular 2010-yilgi Janubiy Afrika Respublikasi mezbonlik qilgan jahon chempionatida tanishishgan: Shakira chempionat madhiyasini kuylagan, Pike esa jahon chempioni bo‘lgandi. Rasmiylashtirmasdan oila qurishgan, 2012-yili to‘ng‘ich farzand Milan, oradan ikki yil o‘tib uning ukasi Sasha dunyoga kelgan.

Shakira og‘ir sinovlarni boshdan o‘tkazyapti. Ajrashishdan tashqari, 15 mln yevro soliqni yashirgani uchun Ispaniya sudida ham javob berishiga to‘g‘ri keladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring