«Sharq taronalari» festivali o‘tkaziladigan sanalar ma’lum qilindi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivalini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Samarqand shahrida XII «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivalini 2019 yilning 26–30 avgust kunlari o‘tkazish to‘g‘risidagi taklif ma’qullangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ikki hafta muddatda Festivalni o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi yuklatilgan.
Festival doirasida «Sharq xalqlari an’anaviy musiqa san’atini rivojlantirish istiqbollari» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi, unda xorijlik va mahalliy taniqli musiqashunos olim va mutaxassislar hamda tadqiqotchilarning o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishlari ta’minlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter