Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shvetsiya qiroli ABBA guruhini ritsarlik ordenlari bilan taqdirladi

Shvetsiya qiroli ABBA guruhini ritsarlik ordenlari bilan taqdirladi

Foto: Reuters

Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustav ABBA guruhi a’zolarini Vasa ordeni bilan taqdirladi.

Ta’kidlanishicha, qirol o‘z fuqarolarini taqdirlovchi eng oliy mukofot 1975-yildan beri hech kimga topshirilmagan. ABBA shved va xalqaro musiqa madaniyatiga qo‘shgan hissasi yuksak mukofotga loyiq topildi. Ritsarlik ordenlari mashhur to‘rtlik: Anni-Frid Reyss, Benni Andersson, Byorn Ulveus va Agneta Feltskogga topshirildi.

Mashhur shved guruhiga 1972-yilda asos solingan, esda qolarli nomi guruh a’zolari ismlarining bosh harflaridan olingan. Guruh tomonidan yaratilgan afsonaviy xitlar, yarim asrdirki, butun dunyoda tinglab kelinmoqda. 2021-yil noyabrida ABBA 40 yillik tanaffusdan so‘ng Voyage deb nomlangan albomini taqdim etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring