Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taniqli bolalar shoiri vafot etdi

Taniqli bolalar shoiri vafot etdi

O‘zbek bolalar adabiyoti og‘ir judolikka uchradi. Taniqli bolalar shoiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, «Buloqcha» jurnali bosh muharriri Raim Farhodiy vafot etdi. Bu haqida uyushma matbuot xizmati xabar berdi. 

Raim Farhodiy 1942-yil 16-may kuni Samarqand shahrida tug‘ilgan. 1955-yili Samarqand tibbiyot institutini, 1971-yili Maksim Gorkiy nomidagi adabiyot institutini tamomlagan.

Raim Farhodiy 1967-yildan buyon Yoshlar tashkiloti lektori, «Zvezda Vostoka» jurnali she’riyat bo‘limi mudiri, G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti bosh muharrir o‘rinbosari, «Xalq so‘zi», «Narodnoye slova» gazetalari madaniyat bo‘limi muharriri va boshqa nufuzli tashkilotlarda turli vazifalarda ishladi. Ayni paytda u O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Rusiyzabon adabiyot kengashi raisi, «Buloqcha» («Rodnichok») bolalar jurnali bosh muharriri sifatida ishlab kelayotgan edi.

Raim Farhodiy bolalar uchun 50 dan ortiq she’riy va nasriy kitoblar yozgan.

U yetuk tarjimon ham edi. O‘zbek bolalar she’riyatidan asarlarni, Navoiy, Bobur g‘azallarini rus tiliga tarjima qilgan.
Uning ijodida bolalarni tabiatni sevishga undash yetakchilik qiladi.

Raim Farhodiy 1989-yil «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» faxriy unvoni, 1999 yil «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring