Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taniqli rejissyor Gollivudni tanqid qildi?

Taniqli rejissyor Gollivudni tanqid qildi?

Foto: Global Look Press

Taniqli serb kinorejissyori Emir Kusturitsa so‘nggi 15 yildan buyon «Oskar» xalqaro kinomukofoti bilan bog‘liq voqealarni kuzatmayotganini aytdi.

«Oskar» jahondagi eng yaxshi filmlarni aks ettiruvchi maqomini allaqachon yo‘qotgan, dedi Kustritsa.

«(«Oskar») faqat mafkuraviy munosabatlar, Gollivuddagi do‘stlikdan iborat bo‘lib qoldi. Buning menga qizig‘i yo‘q», — ta’kidladi rejissyor.

Kusturitsaning fikricha, hozir odamlar filmlardan din yasashmoqda va unda katta aktyorlar suratga tushsa, «kult» maqomini berishmoqda. Gollivudni «nasroniylik va yahudiylik qorishilgan» sekta deya ta’riflagan rejissyorning nazarida gollivudcha filmlar o‘tkir ijtimoiylik xususiyatini yo‘qotgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring