Taniqli xonanda doktorlik ilmiy darajasini himoya qildi
Taniqli xonanda Akbar Atamuhamedov doktorlik ilmiy darajasini himoya qildi. Bu haqda Sarhad.uz — DXX Chegara qo‘shinlari rasmiy telegram-kanali xabar berdi.
«DXX Chegara qo‘shinlari madaniy hordiq ta’minot markazida uzoq yillardan beri faoliyat olib borayotgan istedodli xonanda, «Do‘stlik» ordeni sohibi, katta leytenant Akbar Hamidovich Atamuhamedov O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi ilmiy kengashda doktorlik ilmiy darajasini himoya qildi va bir ovozdan san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasiga loyiq deb topildi», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter