Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Titanik» qanday suratga olingan? (foto)

«Titanik» qanday suratga olingan? (foto)

Foto: instagram.com/theacademy

«Titanik» (1997) filmining kadr orti jarayonlari tasvirlari internetda paydo bo‘ldi. Ajoyib suratlarni Amerika kinoakademiyasi Instagram orqali ulashdi.

Roza va Jek.
Foto: instagram.com/theacademy

Afsonaviy kinoasar 14 ta nominatsiyada «Oskar»ga taqdim etilib, 11 tasida g‘olib chiqqan: eng yaxshi film, rejissura, vizual effektlar, musiqa, original qo‘shiq, operatorlik, kostyumlar dizayni, film montaji, ovoz, ovozli effektlar montaji kabilar.

Kinoni suratga olgan rejissyor Jeyms Kemeron Jek (Leonardo Di Kaprio) va Roza (Keyt Uinslet) bilan muloqotda.
Foto: instagram.com/theacademy
Kinoni suratga olgan rejissyor Jeyms Kemeron Jek (Leonardo Di Kaprio) va Roza (Keyt Uinslet) bilan muloqotda.
Foto: instagram.com/theacademy
Ko‘rib turganingizdek, aktyorlarni suvda turgan holatida grim qilishgan.
Foto: instagram.com/theacademy
Rozani qutqarish sahnasi.
Foto: instagram.com/theacademy
Mashhur kadr ortida kim turganini unutmang...
Foto: instagram.com/theacademy
Odatdagi ish jarayoni.
Foto: instagram.com/theacademy
Raqs zali odamga to‘la edi.
Foto: instagram.com/theacademy

«Titanik» jahon prokatida milliard dollardan ko‘p pul ishlagan ilk filmga aylandi va uzoq yillar barcha davrlarning eng muvaffaqiyatli kinoasari bo‘lib qoldi. Keyin bu o‘ringa Jeyms Kemeron boshqa bir filmi — «Avatar» (2009) bilan ko‘tarildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring