Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Yevropa Ittifoqi kinofestivali boshlandi

Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Yevropa Ittifoqi kinofestivali boshlandi

Bugun, 30 sentyabr kuni «Renessans» kino uyida Yevropa Ittifoqi kinofestivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi, Buyuk Britaniya, Vengriya, Gruziya, Italiya, Germaniya, Fransiya kabi kino sanoati rivojlangan davlatlar vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari Sharlotta Adrian va O‘zbekiston Kinematografiya agentligi rahbari Firdavs Abduxoliqov ishtirokida Focus kino va teatr maktabi vakillari taqdirlandi. Focus mas’ullaridan biri Mariya Musoqovaga yosh avlodning kino ta’limiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik maktubi topshirildi. Joriy yilda Focus maktabi huzurida kino haqida ko‘proq bilimga ega bo‘lishni xohlagan bolalar uchun yozgi oromgoh tashkil etilgan edi.

Tadbir so‘nggida «Mening fikrim tinch» filmi ham namoyish etildi. 1-3 oktyabr kunlari Yulduz Cinema kinoteatrida YeI davlatlari kinolari namoyish etiladi.

Eslatib o‘tamiz, «Ipak yo‘li durdonasi» XV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida ilk marta Yevropa ittifoqi davlatlari film festivali bo‘lib o‘tadi. Ushbu festivalning ochilish marosimi 30 sentyabr kuni «Renessans» kino uyida o‘tkazildi. Festival Toshkent va Buxoro shaharlarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan, Buxorodagi ochilish marosimi 2 oktyabr kuniga mo‘ljallangan. Film namoyishlari esa 3-5 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring