Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya prezidenti tarixiy joyni tantanali ravishda ochib berdi

Turkiya prezidenti tarixiy joyni tantanali ravishda ochib berdi

Tarixiy Atlas kinoteatri va kino muzeyining ochilish marosimida, Istanbul dunyoga mashhur kino yulduzlar, rejissyorlar va prodyuserlarni kutib oldi.

Istanbulning Istiqlol xiyobonida joylashgan tarixiy Atlas kinoteatri o‘zining asl holatiga qaytarildi va 2019-2020-yillar davomida Madaniyat va Turizm Vazirligi tashabbusi bilan eng kichik detallarigacha yangilandi.

Bugun bu tarixiy joy Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an tomonidan tantanali ravishda ochib berildi hamda unda dunyoga mashhur rejissyor Gay Richi, aktyorlardan Jeyson Stetxem, Josh Xartnett, Jeki Eynsli, shu jumladan, Richining Antaliyada suratga olinayotgan yangi «Five Eyes» filmi aktyorlari ham ishtirok etishdi.

Atlas kinoteatri ikki yillik mashaqqatli mehnat tufayli o‘zining asl holatiga mutanosib tarzda tiklandi. Ilk marotaba 1948-yilda kino muxlislariga o‘z eshiklarini ochgan kinoteatr sahnasidan tortib o‘rindiqlarigacha, ovoz tizimidan tortib foyesigacha to‘liq ta’mirlangan. Yangilangan kinoteatr san’at ixlosmandlariga 483 o‘rinli joylari, 4K tasvir sifati va 13 ga 7 li sahnasi bilan yuqori darajada xizmat ko‘rsatadi. Kinoteatrning ko‘p funksiyali sahnasi jonli teatr va boshqa ko‘plab san’at asarlarini yaratish imkonini beradi.

Atlas kinoteatri bilan bir binoda joylashgan Kino muzeyi o‘tmishdan hozirga qadar bo‘lgan turk kinomatografiyasi namunalarini o‘zida jamlagan raqamli xotira hovuzi mavjudligi bilan kino madaniyatiga katta hissa qo‘shadi. Mehmonlar turk kinomatografiyasiga oid 8 mingdan ortiq kinolarning qisqacha ta’rifini tomosha qilishlari mumkin. Muzeyda yosh kino muxlislari uchun ta’limiy tarzda yaratilgan dunyo va turk kinosi durdonalarining alohida tafsilotlariga oid muhim ma’lumotlar va hujjatlar ham namoyish etiladi. Shuningdek, yillar davomida turk kinosi qo‘lga kiritgan ko‘p sonli milliy va xalqaro mukofotlar namoyish etiladi.

Istanbulning Taqsim mavzesi, Istiqlol xiyobonida joylashgan Atlas kinoteatri 1948-yilda ochilgan. Kinoteatr binosi 1870-yilda Sulton Abdulaziz davrida qurilgan. Beyo‘g‘lu qayta qurish jarayonining go‘zal misollaridan biri bo‘lgan bu inshootning old tomoni XIX asr oxiri neoklassika uslubining yorqin namunalaridan biridir. U mislsiz o‘ziga xos shift bezaklari, gipsli releflar, marmar kaminlar, parket pollar va boshqa ko‘plab me’moriy elementlari bilan o‘sha davr san’atini o‘zida aks ettiradi. Afsonaviy kinoteatr Atlas Pasaji nomli rastada joylashgan. Shu sababli, Taqsimda yashovchi aholi yig‘iladigan muhim joylardan biri bo‘lgan. Muzey shahar tarixida muhim rol o‘ynaydigan Atlas kinoteatrining qayta tiklanishiga yordam beradi. Kinoteatr yillar davomida turk kinosining markazi bo‘lgan Yashiljom ko‘chasi yonida joylashgan. Istanbulning Atlas kinoteatri va kino muzeyi Beyo‘g‘lu madaniy yo‘lining muhim bekatlaridan biri bo‘ladi.

Ochilish marosimida dunyoga mashhur kino yulduzlar, rejissyorlar va prodyuserlar qatnashishdi. Turkiyaning Antaliya shahridagi o‘zining yangi filmini suratga olayotgan Gay Richi va butun dunyoga mashhur aktyorlar Jeyson Stetxem, Josh Xartnett, Jeki Eynsli marosimda qatnashganlar ro‘yxatida.

Gay Richi o‘zining yangi filmi «Five Eyes»ni suratga olish uchun Turkiyani tanladi.

Antaliyaning ko‘rgazmalar binosi va Kalaichi tarixiy markazida suratga olinayotgan «Five Eyes» filmi Madaniyat va Turizm Vazirligining sa’y-harakatlari natijasida katta suratga olish maydoniga aylandi. Ayvan Etkinson va Marn Devis tomonidan yozilgan, Guy Ritchiye tomonidan suratga olinayotgan, Jeyson Stetxem va Obri Plaza, Malone va Keri Elveslar tomonidan rol ijro yetilayotgan «Five Eyes» filmi butun dunyoga katta xavf tug‘dirayotgan yangi texnologiyali qurol savdosining oldini olish maqsadida xalqaro maxfiy ittifoq tomonidan yollangan agent M16 Orson Fortune haqidagi filmdir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring