Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda

Turkiy davlatlar tashkilotining turizm bo‘yicha yig‘ilishidan so‘ng Turkiya Madaniyat va turizm vazirining o‘rinbosari Nadir Alpaslan va O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Djamshid Abdusalamovlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston va Turkiya – o‘zlarining boy tarixi, madaniy yutuqlari va islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan ulkan hissasi bilan ajralib turuvchi ikki do‘stona davlatligi hamda ikki tomonlama munosabatlar nafaqat siyosiy va iqtisodiy sohalarda, balki turizm yo‘nalishida ham izchil ravnaq topayotganligi alohida qayd etildi.
Turkiya tomoni ham turizm bugungi kunda davlatlarimiz o‘rtasidagi muloqot, madaniyatlar yaqinlashuvi va xalqlar o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlovchi muhim vositaga aylanganligini, shuningdek, O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida turizm sohasidagi yaqin hamkorlik ana shu maqsadlarga xizmat qilayotganligini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida, Turkiya tomoni O‘zbekiston bilan turizm sohasidagi mavjud xalqaro tajribalarini almashishga hamda mavjud to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlardan unumli foydalangan holda ziyorat turizmi, etnoturizm va gastronomik turizm yo‘nalishlarida yangi turistik yo‘nalishlar ishlab chiqishga hamda kelgusida hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga doir loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter