Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turmushi buzilgan Jennifer Lopes pullarini havoga sovuryapti

Turmushi buzilgan Jennifer Lopes pullarini havoga sovuryapti

Jennifer Lopes.

Foto: Marie Claire

Ben Afflek bilan ajrashayotgan Jennifer Lopes shu ketishda bor pulini sarflab tugatishi mumkin, atrofidagilarning fikricha, Jey Lo kayfiyatini ko‘tarish uchun pullarini havoga sovuryapti.

In Touch Weekly o‘z manbalariga asoslanib xabar berishicha, xonandaning moliyaviy jamoasi xavotirga tushib qolgan, xarajatlarni darhol cheklash kerak. Jennifer Lopes dizaynerlik kiyimlari xaridiga zo‘r bergan, qolaversa, jamoasini ham kengaytirdi, bu haftalik xarajatlarda aks etmoqda.

«Avvalo ajrashish ishini yopib olish kerak, bunga 50 million dollar ketadi. Shunga qaramay, u ko‘ziga nima ko‘rinsa sotib olyapti, 50 mln dollarga tushgan uyini aytmay qo‘ya qolay», — dedi manbalardan biri.

«Aql bovar qilmas shopinglar»ni deb qo‘shiqchi 400 mln dollarga baholanayotgan boyligidan mahrum bo‘lishi mumkin.

Shu yilning 20-avgust kuni Gollivud yulduzlari — Jennifer Lopes va Ben Afflek ajrashayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Jennifer Lopes advokat yollamasdan ajrashish to‘g‘risidagi arizani Los-Anjeles Oliy sudiga topshirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring