Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«TV Park Uz» — O‘zMTRK ta’sis etgan yangi nashr

«TV Park Uz» — O‘zMTRK ta’sis etgan yangi nashr

Foto: «Daryo.uz»

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi (O‘zMTRK) «TV Park Uz» nomli jurnalni ta’sis etdi. 2018-yilning 11-yanvardan dunyo yuzini ko‘rgan nashr har hafta payshanba kunlari sotuvga chiqadi.

Jurnal rangli va yuqori sifatli bo‘lib, keng omma uchun mo‘ljallangan. Jurnalda to‘liq TV dasturlar chop etiladi. Shuningdek, milliy televideniyening eng qiziqarli loyihalari, yangiliklar va o‘zgarishlar haqida so‘z yuritiladi, filmlar, seriallar va ko‘rsatuvlarning anonslari taqdim etiladi.

Yangi nashr televideniyening «sahna orti» hayotini ochib berishga, taniqli va endi ish boshlayotgan iqtidorli ijodkorlarning ish mahsullarini namoyish etishga, ularning his-tuyg‘ularini, muvaffaqiyatlari sirlarini ma’lum qilishga, tajribalari bilan o‘rtoqlashishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Jurnalning birinchi sonida «O‘zbekiston 24» kanalining teleboshlovchisi, diktor va dublyaj ustasi Dildora Rustamova bilan ajoyib suhbat mushtariylar e’tiboriga havola etildi. O‘zbekiston kitob bozoridagi bestsellerlar ro‘yxati, original nominatsiyalar bo‘yicha televizion ko‘rsatuvlar «xit-parad»i tuzildi. Birinchi sondan, shuningdek, Ehtirom-2017» tanlovi mukofotlash marosimidan eksklyuziv fotoreportajlar, rejissyor Jahongir Qosimovning «Nazira» seriali hamda Saida Davletovaning «Aljabr dahosi» hujjatli filmi premeralari haqidagi maqolalar ham o‘rin olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring