Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ulug‘bek Qodirov urush qahramoni rolini o‘ynaydi

Ulug‘bek Qodirov urush qahramoni rolini o‘ynaydi

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bugun Farg‘ona viloyati Rishton tumani Zohidon MFY hududida Rishtonning qahramon o‘g‘loni Mamadali Topvoldiyev xotirasini abadiylashtirish maqsadida uning memorial muzeyi foydalanishga topshirildi.

Mamadali Topvoldiyevning muzeyida uning orden, medallari, faxriy yorliqlar, ro‘zg‘or buyumlari, yozishmalari, shaxsiy kiyimlari, qurollar, urush haqidagi adabiyotlar jamlangan.

Muzey qurilishi uchun viloyat mahalliy budjetidan 1,5 mlrd. so‘m mablag‘ ajratildi.

Mamadali Topvoldiyev 1938 yilda urushga borib, Belorussiya hududidagi janglarda katta qahramonliklar ko‘rsatib, fashistlarni larzaga keltirgan, g‘alaba uchun o‘z hissasini qo‘shgan. Uni «Kazbek» deb nomlashgan. Shu nomni eshitgan har qanday dushmanning oyog‘i qaltiragan.

Belarus xalqi ham Mamadali Topvoldiyevni yaxshi ko‘radi va u kishini nomini abadiylashtirish maqsadida jang bo‘lgan qishloqlarga nomini berib, e’zozlab keladi. «O‘zbekfilm» hamda «Belarusfilm» Milliy kinostudiyasi o‘rtasida hamkorlikda «Osiyo arsloni» nomli filmni viloyatda suratga olish ishlari ham boshlab yuborildi. Bosh rolni Ulug‘bek Qodirov ijro etayotgan mazkur biografik drama O‘zbekiston va Belarusda suratga olinadi va kelgusi yil 9 mayda premerasi bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring