Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Uzuklar hukmdori»: serial premerasi rekord o‘rnatdi

«Uzuklar hukmdori»: serial premerasi rekord o‘rnatdi

2-sentyabr kuni «Uzuklar hukmdori: Hukmronlik uzuklari» serialining premera-namoyishi bo‘lib o‘tdi. Uni 24 soat, ya’ni bir sutka ichida Prime Video striming servisi orqali rekord darajada ko‘p — 25 mln kishi tomosha qildi. Bu haqda servis ma’muriyati 3 sentyabr kuni Twitter platformasida ma’lum qildi.

Prime Video striming servisi Amazon kompaniyasiga tegishli.

Serialning dastlabki ikki epizodi (seriyasi)ni rejissyor Xuan Antonio Bayona suratga oldi.

Serial mualliflari jami 8 ta seriyani suratga olishni rejalashtirishgan. Loyiha budjeti $1 mlrd ga yetishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring