Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazirning shaxsan o‘zi Dima Qayumga kitoblar sovg‘a qildi

Vazirning shaxsan o‘zi Dima Qayumga kitoblar sovg‘a qildi

Foto: Facebook / Dima Qayum

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Rishtondagi xalq kutubxonasi asoschisi, ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lgan Dima Qayumning uyiga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.

Shu kunlarda tadbirkorning onasi og‘ir xastalik bilan kurashayotgani sababli Sog‘liqni saqlash vaziri mazkur vaziyatda qo‘lidan kelgan barcha yordamni berishini aytgan.

Dima Qayumning xabar berishicha, Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov ushbu kutubxonada tibbiyotga oid kitoblar yo‘qligini sezib, u yerga tashrif buyurgan va tibbiyotga oid ko‘plab kitoblar sovg‘a qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring