Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vin Dizel: «Forsaj»ning «o‘ninchi» talqinini suratga olish boshlandi

Vin Dizel: «Forsaj»ning «o‘ninchi» talqinini suratga olish boshlandi

Foto: «NOI.md»

«Forsaj» filmining «o‘ninchi» talqinini suratga olish boshlandi. Bu haqda film bosh qahramonini o‘ynovchi aktyor Vin Dizelga asoslanib «The Hollywood Reporter» xabar berdi.

Yangi filmning nomi — «Fast X».

Vin Dizeldan tashqari, ko‘cha poygachilari kinosida aktyorlardan Sharliz Teron, Bri Larson («Kapitan Marvel», «Kong: boshchanoqlar oroli»)ni ko‘ramiz. Jeyson Momoa («Taxtlar o‘yini», «Akvamen») bu kinoda yovuz qahramon obrazini gavdalantiradi.

O‘ninchi «Forsaj» premerasi 2023-yilning 19-may sanasiga belgilangan.

2021-yilda taqdim etilgan «Forsaj-9» garchi IMDb talqinida 10 ballik tizimda 5,6 ball to‘plagan bo‘lsa-da, jahon prokatida 726 million dollardan ko‘proq mablag‘ keltirgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring