Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonga 20 ming dollarlik adabiyot to‘plami sovg‘a qildi

Abdulla Qodiriy nomidagi Navoiy viloyati axborot-kutubxona markaziga Xitoyning «China CAMC Engineering Co. Ltd» kompaniyasi tomonidan 20 ming AQSh dollari qiymatidagi xorijiy tildagi adabiyotlar to‘plami tuhfa qilindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
— Biz xitoyliklarda bir maqol bor, uning ma’nosi shunday: agar kimdandir bir chimdim mehr ko‘rsang, ikki hissa qilib qaytar, — deydi «China CAMC Engineering Co. Ltd» kompaniyasi bosh direktori Xuang Kai Li xonim. — Demak, ikki xalq o‘rtasida o‘zaro ishonch bo‘lsa, barcha sohalardagi aloqalar ham mustahkam bo‘ladi. Bugun Xitoyda Yangi yilning ilk kuni. Bu bayramni O‘zbekistonda quyosh charaqlab turgan kunda nishonlayotganimizda ham qandaydir hikmat, fayz ko‘ryapman men. Endi bunday xayrli tadbirlarni ko‘p o‘tkazamiz.
Ayni paytda kompaniya tomonidan «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyati negizida yirik uch loyihadan biri — polivinilxlorid (PVX) — Kaustik sodasi — metanol ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter