Xonanda Shahzodadan kutilmagan yangilik!

Xonanda Shahzoda bu yilgi konsert dasturini Toshkentdan uzoqda yashayotgan muxlislari oldiga borib, namoyish etish niyatida. Bu haqda Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Shahzoda ma’lumot berdi, deyiladi O‘zA xabarida.
— Har yili may oyida Shahzoda o‘zining katta dasturini namoyish etmoqda, — deydi xonandaning prodyuseri Davron Muqimov. — Bu safar muxlislarga shodlik ulashish, ular bilan yaqindan suhbatlashish va ma’naviy ko‘mak berish maqsadida mamlakat bo‘ylab xizmat safariga chiqmoqchimiz. Yangi ijro va sevimli qo‘shiqlardan iborat «Shahzoda sening shahringda» deb nomlangan loyihamiz shu yilning 1-25-may kunlari Nukus, Urganch, Namangan, Andijon, Qo‘qon, Samarqand, Buxoro kabi o‘n ikki shahar va tumanda namoyish etiladi. O‘ylaymanki, Shahzoda va muxlislar uchrashuvi unutilmas taassurotlarga boy bo‘ladi.
Matbuot anjumanida Shahzoda ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga javob qaytardi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter