Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi koreys seriali aktyori O‘zbekistonda tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi

Yangi koreys seriali aktyori O‘zbekistonda tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi

Netflix kinokompaniyasi tomonidan suratga olingan yangi «Hammamiz murdamiz» koreys seriali aktyori Pak Solomon O‘zbekistonda tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi.

Koreyscha serial qisqa muddat ichida shu qadar mashhurlikka erishgani uchun kino muxlislari uning qahramonlari bilan qiziqa boshlagan va shu ma’lumotga duch kelishgan.

Ularning aniqlashicha, Pak Solomon 1999 yil 11 noyabrda O‘zbekistonda tug‘ilgan, bir muddat Rossiyada yashagan. Bolakay 5-sinfda o‘qiyotgan paytda ota-onasi uni Janubiy Koreyaga yuborgan. U yerda Pak haqiqiy superyulduzga aylangan.

Pak Solomon «Hammamiz murdamiz» dramasida bosh qahramon Li Su Xyok rolini o‘ynagan. Ushbu serial zombilar haqida bo‘lib, «Kalmar o‘yini»dan keyin Netflix reytingida mutlaq rekord qayd etgan, anonsi chiqqan kunining ertasigayoq reytingda yetakchi bo‘lib olgan.

Pak Solomon kinodan tashqari model sifatida ham tanilgan. Kino ixlosmandlari uni 2022 yilning porloq yulduzi sifatida ko‘rishyapti.

Eslatib o‘tamiz, «Kalmar o‘yini» seriali Netflix reytingida qisqa muddatda katta shuhrat qozonib, katta daromad olgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring