Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Zamin» Malayziyada uchta nominatsiya g‘olibi bo‘ldi

«Zamin» Malayziyada uchta nominatsiya g‘olibi bo‘ldi

Foto: «Facebook.com»

 

Malayziyaning Sabah shahridagi Xalqaro yoshlar milliy ashula va raqs festivalida o‘zbekistonliklar qatnashayotganini xabar qilgandik.

Bizga ma’lum qilishlaricha, «Barkamol avlod» respublika bolalar badiiy ijodiyot markazi qoshidagi «Zamin» bolalar teatr studiyasi uchta nominatsiyani qo‘lga kiritgan: «Eng yaxshi yosh raqqosa», «Eng yaxshi yosh raqqos» hamda «Eng yaxshi guruh».

Festivalda Malayziya, Indoneziya, Filippin, Shri-Lanka, Rossiya va O‘zbekistondan 30 dan ziyod ashula va raqs guruhlari ishtirok etgan.

O‘zbekiston vakillari — Komil Hasanov va Zeboxon Temirova hakamlar hay’atidan joy olishdi.

Festival doirasida xorazmcha, buxorocha, surxoncha, farg‘onacha va boshqa milliy raqslarimizdan tashqari, malayziyacha raqsning ham ijro etilishi mezbonlarni to‘lqinlantirib yuborgan.

Mamlakatimiz yosh san’atkorlari bilan Sabah oroli qirolining shaxsan o‘zi suhbat qurgan. Aytishlaricha, qirolni milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz hamda raqslarimiz juda qiziqtirib qo‘ygan va u yurtimizga kelishni niyat qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring