Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-fevraldan ayrim nafaqa miqdorlari oshirildi

1-fevraldan ayrim nafaqa miqdorlari oshirildi

Prezidentning joriy yil 31-yanvardagi PF-24-son farmoni bilan ayrim hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritildi.

Farmonga ko‘ra, 2024-yil 1-fevraldan quyidagi nafaqalar miqdori 621 ming so‘m etib belgilandi:

  • zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa fuqarolarga nafaqa;
  • ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda;
  • o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga nafaqa;
  • boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa (keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun — 212 000 so‘m);
  • boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori.

Ma’lumot uchun, mazkur miqdorlar rasmiy eng kam iste’mol xarajatlaridan kelib chiqib belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring