Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-iyul kuni poytaxtning o‘ndan ortiq mahallasida «svet» bo‘lmaydi

1-iyul kuni poytaxtning o‘ndan ortiq mahallasida «svet» bo‘lmaydi

1-iyul kuni poytaxtning ikki tumanidagi ayrim mahallalar elektr ta’minotidan vaqtincha uziladi.  

«Hududiy elektr tarmoqlari» korxonasiga ko‘ra, Olmazor va Yunusobod tumanlarining ayrim ko‘chalarida elektr energiyasi soat 00:00 dan soat 05:00 ga qadar vaqtinchalik o‘chiriladi.

Bunga ushbu manzillarda elektr energiyasi bilan ta’minlovchi elektr uzatish tarmog‘idagi temir tayanch ustunlariga elektr qurilmalarni o‘rnatish ishlarini olib borish sabab bo‘lgan.

Jumladan:

  • Olmazor tumanining «Ibrohim ota», «Chuqursoy», «Ahil» va «Moyariq» MFYlarida aholi xonadonlari hamda Jome mavzesining tadbirkorlik sub’yektlari;
  • Yunusobod tumanining «Hasanboy», «Katta Hasanboy», «Sharq haqiqati», «Turkiston», «Yo‘lariq», «Akbarobod» va «Tiklanish» MFYlarining ayrim ko‘chalari va Issiqlik markazi vaqtinchalik elektr ta’minotidan ajratiladi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring