Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

14 yoshli chempion qizni aeroportda Saida Mirziyoyeva kutib oldi (foto)

14 yoshli chempion qizni aeroportda Saida Mirziyoyeva kutib oldi (foto)

Ayol shaxmatchilar orasida o‘smirlar o‘rtasida birinchi jahon chempioni sifatida O‘zbekiston shaxmati tarixiga kirgan Afruza Hamdamova Toshkentga qaytib keldi.

Uni xalqaro aeroportda Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva kutib oldi.

«Bu zukko va dovyurak qizaloqni shaxsan kutib olganim menga alohida mamnuniyat bag‘ishlaydi.

O‘z g‘alabalari bilan barcha tashabbuslarimiz, biz kurashayotgan maqsadlarimiz to‘g‘ri ekanini tasdiqlagan Afruzadan juda minnatdorman. Teng imkoniyatlar, xotin-qizlarga hurmat va ular iqtidorining e’tirofi shular jumlasidan», – deydi Mirziyoyeva.

Prezident yordamchisi, shuningdek, Afruzaning bosh murabbiyi – otasi Akbar Hakimovga ham minnatdorchilik bildirgan.

Afruzaga omad tilagan Mirziyoyeva xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlab kelayotgan otalar, erkaklarni alohida e’tirof etadi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring