2023-yilda jinoyati sabab 17 mingdan ortiq shaxs qamalgan
2023-yilda sudlangan shaxslar soni 55 763 nafarni tashkil etib, shundan 17 396 nafar shaxsga ozodlikdan mahrum qilingan. Bu haqda Oliy sud axborot xizmatiga tayanib O‘zA ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, sudlar tomonidan oqlanib, reabilitatsiya qilingan fuqarolar soni esa o‘tgan yili 1 244 nafarni tashkil qilgan.
Ma’lumot uchun, 2022-yilda sudlangan shaxslar soni 56 542 nafarni tashkil etgan va shundan 17 610 nafari ozodlikdan mahrum qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter