Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2023 yilgi Haj ziyoratini ado etish uchun birinchi ziyoratchilar Toshkentdan Madinaga uchib ketishdi

2023 yilgi Haj ziyoratini ado etish uchun birinchi ziyoratchilar Toshkentdan Madinaga uchib ketishdi

Kecha, 3-iyundan 4-iyunga o‘tar kechasi mahalliy vaqt bilan soat 02:00 da «Uzbekistan Airways» milliy aviakompaniyasining bortida 240 nafar ziyoratchisi bo‘lgan ilk reysi Toshkentdan Madinaga (Saudiya Arabistoni) uchib ketdi.

Kuzatish jarayonida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari ishtirok etdi.

4-19 iyun kunlari O‘zbekistonning 10 ta shahridan Madinaga parvozlar amalga oshiriladi. Bu yil eng ko‘p ziyoratchilar Toshkentdan Hajga boradi — 16 reysda 5575 nafar yo‘lovchi tashiladi.

Namangandan 14 ta, Farg‘onadan 6 ta, Samarqanddan 4 ta, Buxoro, Urganch, Qarshi va Termizdan 3 tadan reys, shuningdek, ziyoratchilar bilan 2 ta reys Navoiydan, Nukusdan esa 1 ta reys amalga oshiriladi. O‘zbekistondan jami 15130 nafar ziyoratchi Haj ziyoratini ado etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring