Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

38 nafar yosh tashabbuskor «Kelajak bunyodkori» medali bilan mukofotlandi

38 nafar yosh tashabbuskor «Kelajak bunyodkori» medali bilan mukofotlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

Mazkur hujjat bilan o‘zining ijodiy va intellektual salohiyati, iste’dod va qobiliyatini namoyon etib, halol va samarali mehnati, turli sohalarda erishgan yutuqlari bilan yurt taraqqiyotiga, uning xalqaro nufuzini yanada yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan, vatanparvarlik fazilatlari bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan 38 nafar tashabbuskor va yetakchi yoshlar «Kelajak bunyodkori» medali bilan mukofotlandi. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili 29-iyundagi farmon bilan 45 nafar yosh avlod ushbu medal bilan taqdirlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring