Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

46-Butunjahon Shaxmat olimpiadasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi

46-Butunjahon Shaxmat olimpiadasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi

2026-yilda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga kompleks tayyorgarlik ko‘rishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Shu munosabat bilan, qaror loyihasida Shaxmatni aholi o‘rtasida yanada ommalashtirish va 2026-yilda O‘zbekistonda 46-Butunjahon Shaxmat olimpiadasini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq chora-tadbirlar belgilanmoqda.

Unga ko‘ra, 2026-yilda Shaxmat olimpiadasidan tashqari Paralimpiada o‘yinlari, FIDE Bosh assambleyasining 95-yig‘ilishi ham O‘zbekistonda o‘tkaziladi.

Qaror loyihasida quyidagilar nazarda tutilgan:

  • maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalarida, shuningdek, korxona va tashkilotlarda tizimli ravishda shaxmat musobaqalarini o‘tkazib borish;
  • shaxmatni o‘qitishning zamonaviy metodikalariga asoslangan ilmiy-uslubiy va o‘quv adabiyotlarni doimiy tayyorlash hamda zamonaviy metodikalar asosida shaxmat bo‘yicha trenerlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish;
  • O‘zbekistonda professional shaxmatni rivojlantirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • shaxmatchilar reytingi doimiy yuritiladigan milliy elektron platformani yaratish;
  • xususiy shaxmat klublariga ular tomonidan shaxmat to‘garaklarini tashkil etish uchun davlat mulki ob’yektlari va hududlardagi “Yoshlar markazlari”dan ijara to‘lovlarisiz joy ajratish;
  • 2026 yilda 46-Butunjahon Shaxmat olimpiadasi o‘yinlarini O‘zbekistonda o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Ma’lumot uchun, hozirda O‘zbekistonda shaxmat bilan professional darajada shug‘ullanuvchilar soni 3 154 nafarga, shundan ayollar 580 nafarga yetdi, O‘zbekiston terma jamoasi joriy yilda 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘olibi bo‘ldi, terma jamoaning 4 nafar a’zosi dunyoning eng kuchli 100 ta shaxmatchilari reytingidan o‘rin egalladi, dunyo reytingida O‘zbekiston shaxmat bo‘yicha 162 ta davlat orasida ilk bor 18-o‘ringa ko‘tarildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring