Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

50 yoshdan katta bo‘lganlarning nikohi qariyb 1,5 mingtaga oshgan – statistika

50 yoshdan katta bo‘lganlarning nikohi qariyb 1,5 mingtaga oshgan – statistika

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda qayd etilgan nikohlar soni 296,7 mingtani tashkil etgan. Shundan 7 850 nafari 50 yosh va undan katta yoshda nikoh qurgan. Bu esa 2021-yildagiga qaraganda 1 456 taga ko‘p degani.

2022-yilda 50 yosh va undan katta yoshda bo‘lgan nikoh qurganlarning 1 625 nafari ayollar, 6 225 nafari esa erkaklardir.

2021-yilning xuddi shu davrida 50 yosh va undan katta yoshda nikoh qurganlar soni 6 394 tani tashkil etgan. Shundan, ayollar – 1 247 nafar, erkaklar – 5 147 nafar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring